Arteta: "Yuragim to'xtab qolayozdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41

Londonning "Arsenal" klubi ustozi Mikel Arteta "Chelsi"ga qarshi bo'lib o'tgan bahsda jamoa darvozaboni David Rayyaning ko'rsatgan o'yiniga izoh berdi. "Kanonirlar" ushbu uchrashuvda 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
"David uchrashuv taqdirini hal qila oladigan darvozabonlar toifasiga kiradi. U doimo diqqat-e'tiborini saqlab qoladi. Uning oxirgi seyvi... David aql bovar qilmaydigan ishni amalga oshirdi. Zarba berilgan lahzada yuragim to'xtab qolishiga bir baxya qoldi. Ammo Rayya jamoani qutqarib qoldi", — deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltirmoqda Daily Mail nashri.
Arteta shogirdlari 64 ochko jamg'argan holda Angliya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirishmoqda. "Arsenal" o'zining eng yaqin ta'qibchisidan besh ochko oldinda bormoqda.

Bosh sahifaga
228