"Arsenal"ning sobiq futbolchisi jamoaning asosiy muammosini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 381

Londonning "Arsenal" klubi sobiq hujumchisi Ian Rayt Angliya chempionatining 28-turida "Chelsi" ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng "kanonirlar"ning asosiy kamchiligi haqida gapirdi.
"Arsenal"da o'yin oxirlarida tez-tez asabiylik kuzatilmoqda. Jamoa erkinroq o'ynashi uchun g'alabani ancha vaqtliroq naqd qilib qo'yishi kerak. Ikkinchi bo'limlarda Arteta shogirdlariga qarshi raqiblarda ko'p vaziyatlar yuzaga kelmoqda. Hozirgi paytda jamoa o'z uyidagi o'yinlarda albatta g'alaba qozonishi shart", — deya Raytning so'zlarini keltiradi Daily Mail.
Eslatib o'tamiz, "kanonirlar" ayni damda 64 ochko jamg'argan holda Premer-ligada peshqadamlik qilmoqda va "Manchester Siti"ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185