Koutino yana Ispaniyaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1173

Braziliyalik hujumkor yarim himoyachi Filippe Koutino erkin agentga aylandi. Xavbek «Vasko da Gama» klubini tark etdi.
OAV xabarlariga ko'ra, futbolchining xizmatlariga Ispaniyaning uchta klubi qiziqish bildirmoqda. Koutinoga «Elche», «Rayo Valekano» va «Jirona» jamoalari da'vogarlik qilmoqda.
Avvalroq, yarim himoyachining transfer imkoniyatlarini Moskvaning TsSKA klubi ko'rib chiqayotgani haqida xabar berilgan edi. Biroq Filippe Koutino faoliyatini yuqori saviyada davom ettirishni istamoqda. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 3,5 million evroga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
178