«Real» Endrikni sotishga tayyor bo'lgan narxni ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60

OAV xabarlariga ko'ra, «Real Madrid» yozda Endrik bo'yicha keladigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Madridliklar futbolchining sotuvidan kamida 60 million evro ishlab olmoqchi. Hujumchining xizmatlariga APL klublari qiziqish bildirmoqda. Eslatib o'tamiz, o'tgan transfer oynasida Endrik ijara asosida «Lion» jamoasiga yo'l olgan edi.
Endrik «Real» safida jami 40 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ushbu bahslarda forvard ettita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda madridliklar La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda borishmoqda va peshqadam «Barselona»dan to'rt ochkoga ortda qolishmoqda. 27-turda «Real» «Selta»ga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185