London klubi Italiya terma jamoasi yulduzini o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 514

Italiya terma jamoasi va Milanning «Inter» klubi himoyachisi Alessandro Bastoni faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda «Caught Offside» jurnalistlari.
Manbaning ta'kidlashicha, 26 yoshli futbolchini Londonning «Arsenal» klubi o'z safida ko'rishni istamoqda. Milanliklar esa, o'z navbatida, muzokaralarga tayyor ekanliklarini bildirishgan. «Neradzurrilar» Bastonining sotuvidan 90–100 million evro atrofida daromad olishni ko'zlashmoqda. Alessandroning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Himoyachi Milan grandi safida 2017 yilning yozidan buyon to'p surib kelmoqda. Joriy mavsumda Bastoni 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol va oltita golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Bosh sahifaga
237