Elnur Abduraimov – Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining navbatdagi litsenziati
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 330

Amman (Iordaniya) shahrida o'tkazilayotgan boks bo'yicha litsenzion musobaqaning kunduzgi dastur bellashuvlari davom etadi. Biroz avval Elnur Abduraimov (-63 kg) avstraliyalik raqibiga qarshi chorak final jangini o'tkazdi.
Xarrison Garseydga qarshi bahs olib borgan Abduraimov muhim va ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyat bokschimzga turnir yarim finali qatori Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini ham taqdim qildi.
Bu O'zbekiston delegatsiyasining Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlariga qo'lga kiritgan o'n to'qqizinchi yo'llanmasidir. Eslatib o'tamiz, delegatsiyamiz Rio-2016 Olimpiya o'yinlari uchun boks bo'yicha -60 kg vazn toifasida ikkita yo'llanmaga ega chiqqan edi. Murabbiylar qaroriga ko'ra Elnur Abduraimov va Xurshid Tojiboev orasidan Tojiboev varianti tanlab olingan.
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Elnur Abduraimovni o'z irodasi va matonati evaziga qo'lga kiritilgan ushbu yo'llanma bilan muborakbod etadi.
Manba: olympic.uz
Bosh sahifaga
279