Maskerano: «Bu taktika emas, yurak bilan qozonilgan g'alaba bo'ldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 334

«Inter Mayami» murabbiyi Xaver Maskerano MLS doirasida «Orlando Siti» (4:2) ustidan qozonilgan safardagi irodali g'alabani yuqori baholadi. Uchrashuvning 49-daqiqasiga kelib mehmonlar 0:2 hisobida mag'lub bo'layotgan edilar, shundan so'ng Lionel Messi dubl qayd etib, vaziyatni o'zgartirib yubordi.
«Bu g'alaba faqat va faqat futbolchilarga tegishli. Ikkinchi bo'limda ular chempionlik darajasidagi jamoadek harakat qilishdi. Hech qanday taktika yoki shunga o'xshash narsalar emas. Ular yurakdan o'ynashdi, to'pni nazorat qilishdi, o'yin sur'atini qo'lga olib, chidamlilik va fidoyilik ko'rsatishdi.
Menimcha, jamoa [ikkinchi bo'limda] o'tgan yili chempion bo'lgani uchun ham o'zgardi. Yakunda futbolchilar buni ko'rsata olishdi. Bu ularning g'alabasi», — dedi Maskerano.

Bosh sahifaga
186