Fabritsio Romano: «MYu» rahbariyati Kerrikning natijalaridan hayratda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 379

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Maykl Kerrik qo'l ostidagi dastlabki o'yinlarda hayratlanarli natijalarga erishdi.
«Qizil iblislar» uning boshqaruvida o'tkazilgan ettita o'yinning oltitasida g'alaba qozonishdi, yana bir bor durang natija qayd etildi. «Kristal Pelas» ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng, jamoa Premer-liga turnir jadvalida uchinchi pog'onaga ko'tarilib oldi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Kerrikning kelajagi bo'yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, biroq klub rahbariyati hafta sayin mutaxassis bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash maqsadga muvofiq ekaniga tobora ko'proq ishonch hosil qilmoqda. Futbolchilar ham ingliz mutaxassisining ishidan juda mamnun. Mavsum yakunlanganidan keyin murabbiy bilan hamkorlikni davom ettirish ehtimoli yuqori baholanmoqda.
Bundan oldinroq «Manchester Yunayted» kelayotgan yozda jamoaga «mashhurroq» va tajribaliroq bosh murabbiy topish niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bosh sahifaga
110