Kellini Spalletti bilan bog'liq xabarlarni tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 495

«Yuventus» direktori Jorjo Kellini klub bosh murabbiy Luchano Spalletti bilan shartnomani uzaytirish niyatida ekanligini yashirmayapti.
So'nggi vaqtlarda turinliklar o'yinida pasayish kuzatilayotgan bo'lsa-da, «keksa sinora» rahbariyati amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadigan murabbiyning ishini hamon ijobiy baholamoqda.
«Tez orada Luchano bilan yangi shartnomani muhokama qilamiz. Yana bir bor qaytaraman, «Yuventus» murabbiylik kursisida undan boshqa hech kimni ko'rmayapman», — dedi Kellini.
Eslatib o'tamiz, Luchano Spalletti o'tgan yilning oktyabr oyi oxirida ushbu lavozimni egallagan edi. Hozirda jamoa Italiya A Seriyasi turnir jadvalida oltinchi pog'onada bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
115