Gvardiola Zidan haqida: "U haddan tashqari zo'r edi — futbolga shunday shaxslar kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Madridning "Real" klubi sobiq ustozi Zinedin Zidan haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Frantsiyalik mutaxassis futbolchi sifatida ulkan faoliyatni boshdan kechirgan, murabbiylikka o'tgach esa "qaymoqranglilar"ni ketma-ket uch marta Chempionlar ligasi g'olibligiga etaklagan edi.
"Zidan haddan tashqari zo'r edi, shunchaki haddan tashqari zo'r. Eng buyuklardan biri. Uning o'yini, o'zini tutishi — u haqiqiy jentlmen. Murabbiy sifatida "Real" bilan Chempionlar ligasidagi uchta g'alaba... Futbol Zinedin kabi buyuk shaxslarga loyiq", — dedi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" Chempionlar ligasining 1/8 finalida "Real" bilan to'qnash keladi. Uchrashuvlar 11 va 17 mart kunlari bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
256