Messi yana bir tarixiy natijani qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 296

"Inter Mayami" forvardi Lionel Messi MLS doirasida "Orlando Siti"ga qarshi kechgan bahsda (4:2) jarima zarbasidan gol urib, yangi rekord o'rnatdi.
38 yoshli futbolchi uchrashuvda dubl qayd etdi — uning 90-daqiqadagi ikkinchi goli to'g'ridan-to'g'ri jarima zarbasi orqali kiritildi. Inter Miami News Hub nashrining xabar berishicha, argentinalik yulduz 2008 yildan buyon har yili kamida bir marta jarimadan gol urib kelmoqda — ketma-ket 19 kalendar yili davomida. Bu jahon futbolidagi yangi rekorddir.
Lionel Messining jarima zarbalaridan gol urish bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichi 2018 yilga to'g'ri kelgan bo'lib, o'shanda u o'nta standart vaziyatni golga aylantirgan edi.
Sakkiz karra "Oltin to'p" sohibi 2023 yilning yozida "Inter Mayami" safiga kelib qo'shilgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilgi mavsum yakunida o'z nihoyasiga etadi.

Bosh sahifaga
293