Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted» afsonasi Devid Bekxemni ortda qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 346

«Manchester Yunayted» navbatdagi muvaffaqiyatli o'yinini o'tkazdi va «Kristal Pelas» ustidan irodali g'alabaga erishdi. Brunu Fernandesh esa yana bir bor ajoyib ishtirok namoyish etib, gol urish bilan birga golli uzatmani ham amalga oshirdi.
Bu Brunu uchun «Manchester Yunayted» safida chempionat doirasida ham gol urgan, ham golli pas bergan o'n sakkizinchi o'yin bo'ldi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha u afsonaviy Devid Bekxemni ortda qoldirdi — angliyalik yulduzda bunday o'yinlar soni o'n ettitani tashkil etgan.
Endilikda Brunudan oldinda faqat ikki futbolchi qoldi — faoliyati davomida 35 ta shunday o'yin o'tkazgan Ueyn Runi hamda «Manchester Yunayted» safida 22 marta bunday natijaga erishgan afsonaviy uelslik Rayan Giggz. Ta'kidlash joizki, Brunu Fernandesh klubda atigi oltinchi yilini o'tkazmoqda.

Bosh sahifaga
237