37 yoshli Aleksis Sanches Sevilya derbisi tarixiga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 268

Sevilya derbisi durang bilan yakunlandi — Ispaniya chempionatining 26-turi doirasida «Betis» va «Sevilya» jamoalari bir-birlarining darvozalariga ikkitadan to'p kiritishdi. «Sevilya» tarkibida birinchi golni Aleksis Sanches urdi va shu tariqa chililik faxriy Sevilya derbisining yangi rekordini o'rnatdi.
Gap shundaki, u 37 yoshu 72 kunligida ushbu printsipial to'qnashuvda gol urgan tarixdagi eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Bungacha mazkur natija afsonaviy Xoakin Sanchesga tegishli edi — u 2018 yilda 37 yoshu 43 kunligida gol muallifi bo'lgandi.
Ispaniya chempionatining keyingi turida «Sevilya» jamoasi «Rayo Valekano»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs kelasi yakshanba kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
335