«Barselona» o'z maydonida ochko yo'qotmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 311

Kataloniyaning «Barselona» klubi Ispaniya La Ligasining navbatdagi 26-turida «Vilyarreal» ustidan qiyinchiliksiz g'alaba qozondi.
Ma'lum bo'lishicha, bu o'tgan yilning noyabr oyida «Kamp Nou» stadioniga qaytilgandan beri «Barselona» uchun ketma-ket o'ninchi g'alaba bo'ldi. Boshqacha aytganda, «Barselona» o'z uy stadionida o'tkazilgan o'nta o'yinning birortasida ham ochko yo'qotgani yo'q.
Gap nafaqat chempionat, balki Chempionlar ligasi haqida ham bormoqda. Endi kataloniyaliklar ushbu muvaffaqiyatli seriyani o'n birinchi bor takrorlashga harakat qilishadi. Bu imkoniyat chorshanba kuni Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida «Atletiko»ga qarshi bo'lib o'tadigan javob uchrashuvida yuzaga keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
338