Pavlovich muhim g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40

Italiya chempionatida 27-tur o'yinlari bo'lib o'tmoqda. "Milan" uchrashuvning so'nggi daqiqalarida ikkita gol urib, "Kremoneze"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi. O'yin voqealariga gollardan birining muallifi — serbiyalik himoyachi Straxinya Pavlovich izoh berdi.
"Qiyin o'yin bo'ldi, lekin biz uch ochkoni qo'lga kiritdik. O'z o'yinimdan va umuman mavsumdan mamnunman. Murabbiy bilan til topishib ketdik", — deya Pavlovichning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "pianetamilan.it" nashri.
Ushbu g'alaba "rossoneri"ga Italiya Seriya A turnir jadvalida ikkinchi o'rinni saqlab qolish imkonini berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230