Ronaldu o'z maqsadiga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48

Krishtianu Ronaldu yaqinda klub boshqaruvidan noroziligini bildirib, "An-Nasr"ning bir nechta o'yiniga boykot e'lon qilgan edi. Shundan so'ng yulduz portugaliyalik futbolchi kelayotgan yozda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.
Biroq, "365Scores" nashrining xabar berishicha, Ronaldu shartnoma muddati tugaguncha, ya'ni 2027 yilning o'rtalariga qadar "An-Nasr"da qolishga qaror qilgan. Portugaliyalik hujumchi Saudiya Arabistoni investitsiya jamg'armasi vakillaridan yuqori darajadagi futbolchilar transferi bo'yicha kafolatlar olgan.
Hozirda "An-Nasr" Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Al-Ahli" ikki ochkoga, uchinchi pog'onadagi "Al-Hilol" esa uch ochkoga ortda qolmoqda.

Bosh sahifaga
187