"Vulverxempton"dan dahshatli antirekord: 28 ta tur ortda qoldi va hali hech kim 3 ta gol urmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1789

Angliya chempionatining 28-turidan so'ng "Vulverxempton" turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida atigi yigirmata urilgan gol bor. Eng yaqin raqobatchi — "Nottingem Forest"da bu ko'rsatkich 26 tani tashkil etadi. "Sanderlend" 29 ta gol urgan bo'lsa, qolgan barcha jamoalar 30 ta va undan ko'p to'p kiritishgan.
Qizig'i shundaki, "Vulverxempton" tarkibida joriy mavsumda hali birorta ham kamida uchta gol urgan futbolchi yo'q. Bir yo'la bir necha o'yinchi hisobida ikkitadan gol mavjud. Bu APLning yangi antirekordi hisoblanadi — bundan oldingi holatda (o'tgan mavsumdagi "Sautgempton") bunday vaziyat 24-turgacha davom etgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
170