APL: "Manchester Yunayted" o'z uyida "Kristal Pelas" ustidan irodali tarzda g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41

"Manchester Yunayted" o'z maydonida Angliya chempionatining 28-turi doirasidagi o'yinda "Kristal Pelas"ni mag'lub etdi — 2:1.
4-daqiqada Maksans Lakrua mehmonlarni oldinga olib chiqdi, biroq 56-daqiqada frantsuz himoyachisi to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib, o'z jamoasini kamchilikda qoldirdi. Oradan bir daqiqa o'tib, Brunu Fernandesh penaltidan hisobni tenglashtirdi. 65-daqiqada u Benyamin Sheshkoga golli uzatma etkazib berdi va Sheshko mezbonlarning ustunligini oshirdi.
"Manchester Yunayted" 51 ochko jamg'arib, APL turnir jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga "Aston Villa"ni (51 ochko) ortda qoldirgan holda uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. "Kristal Pelas" esa 35 ochko bilan 14-pog'onaga tushdi.
Angliya Premer-ligasi. 28-tur
01.03.2026 | 19:00
«Old Trafford», Manchester
«MANChESTER YuNAYTED» — «KRISTAL PELAS» — 2:1
Gollar: Lakrua 4 (0:1), Brunu Fernandesh 57 - penaltidan (1:1), Sheshko 65 (2:1).
«Manchester Yunayted»: Lammens, Shou (Mazraui, 24), Maguayr (Xeven, 85), Yoro, Dalot, Maynu, Kazemiru, Kunya, Brunu Fernandesh, Mbemo (Zirkze, 86), Sheshko (Diallo, 75).
«Kristal Pelas»: Xenderson, Kanvo, Lakrua, Richards, Mitchell, Kamada (Pino, 85), Uorton (Xyuz, 68), Munos, Djonson (Gessan, 58), Strann Larsen (Riad, 58), Sarr.
Ogohlantirishlar: Dalot (36), Xeven (89) — Kamada (6), Xenderson (49).
Chetlatish: Lakrua (56, «Kristal Pelas»).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
182