Finalissima xavf ostida: Ispaniya va Argentina o'rtasidagi bahs qoldirilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20671

27 mart kuni Evropa chempioni va Amerika Kubogi sohibi — Ispaniya hamda Argentina terma jamoalari o'rtasida sovrin uchun bahs bo'lib o'tishi kerak edi. The Touchline nashrining xabar berishicha, Finalissima bahsi xavf ostida qoldi.
Gap shundaki, mintaqadagi harbiy harakatlar fonida Qatarda keyingi ogohlantirishgacha barcha futbol turnirlari va o'yinlari to'xtatildi. Aynan Qatarda Argentina va Ispaniya terma jamoalari ushbu sovrinni o'zaro o'ynashi kerak edi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq AQSh Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlagan edi. Eron terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etishdan voz kechish ehtimoli mavjud. Kelayotgan yozda o'tkaziladigan turnirga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qilishi belgilangan.

Bosh sahifaga
196