Rodrigo Anchelottiga xabar yubordi: "Neymarni JCh qaydnomasidan tashqarida qoldirishning iloji yo'q"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13217

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rodrigo Neymar haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Real" forvardining fikricha, Neymar bo'lajak jahon chempionatida "selesao"ga juda zarur.
"Neymar jahon chempionatidami? Menimcha, bu erda hatto muhokama qilishga hojat yo'q. Biz uning o'z formasi ustida ishlayotganini bilamiz, lekin uni qaydnomadan tashqarida qoldirishning zarracha imkoni yo'q. Usiz hammasi bunchalik qiziq bo'lmasdi. Bizga Neymar kerak", — deya Rodrigoning so'zlarini keltiradi "The Touchline".
Braziliya terma jamoasi tarixda besh marta jahon chempionatida g'olib chiqqan. Oxirgi marta bu voqea 2002 yilda sodir bo'lgan edi.
JCh-2026 guruh bosqichida "pentakampeon"larga Shotlandiya, Gaiti va Marokash raqiblik qiladi.

Bosh sahifaga
196