"Bavariya" "Tottenxem"ning yosh iste'dodiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 611

Myunxenning "Bavariya" klubi "Tottenxem"ning 19 yoshli himoyachisi Luka Vushkovich bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Transfer News Football Telegram-kanali xabar bermoqda.
"Shporlar"ning markaziy himoyachisi joriy mavsumni Germaniyaning "Gamburg" klubida o'tkazmoqda. Ta'kidlanishicha, Vushkovich o'zining himoyadagi harakatlari va standart vaziyatlardan urgan gollari bilan "Bavariya" murabbiylarida katta taassurot qoldirgan.
Joriy mavsumda Vushkovich "Gamburg" safida 21 ta o'yinda maydonga tushdi. Markaziy himoyachi hisobida 4 ta kiritilgan gol mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240