"Liverpul" "Real"dan Rodrigoni o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6015

Angliyaning "Liverpul" klubi 25 yoshli braziliyalik hujumchi Rodrigo Goes bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda futbol insayderi Ekrem Konur yozmoqda.
Jurnalistning ta'kidlashicha, "Liverpul" Rodrigo misrlik forvard Muhammad Salohning o'rnini bosa olishiga ishonmoqda. Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, misrlik futbolchi katta ehtimol bilan yozda jamoani tark etadi.
Rodrigo 2019 yilda "Santos"dan o'tganidan beri "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u klub safida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208