"Real" va "Manchester Siti" o'rtasidagi to'qnashuv: Arbeloa bo'lajak bahsdan nimalar kutyapti?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1078

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa "Manchester Siti"ga qarshi bo'lajak to'qnashuv haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu ikki buyuk klub o'rtasidagi hayajonli bahs bo'ladi. "Real" muxlislari raqibning kuchi sababli ushbu o'yinni alohida qadrlashadi. Biz bunga to'liq tayyor bo'lamiz", — deya Arbeloaning so'zlarini keltiradi The Touchline.
Eslatib o'tamiz, "Real" va "Manchester Siti" Chempionlar ligasining 1/8 finalida o'zaro to'qnash kelishadi. Dastlabki o'yin 11 mart kuni Madridda, javob bahsi esa 17 mart kuni Manchesterda bo'lib o'tadi.
Ma'lumot uchun, Chempionlar ligasining o'tgan mavsumida "qaymoqranglilar" "shaharliklar"ni pley-off bosqichida musobaqadan chiqarib yuborishgan edi (3:2, 3:1).

Bosh sahifaga
246