Reshford va "Barselona" necha yillik shartnoma imzolashi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41

Hozirda ijara asosida Kataloniyaning "Barselona" jamoasida to'p surayotgan "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford "ko'k-anorranglilar"ning to'laqonli a'zosiga aylanadi.
Sport.es jurnalistlarining xabar berishicha, ingliz futbolchisi Ispaniya chempioni bilan uch yillik mehnat shartnomasini imzolash borasida kelishuvga erishgan. Reshfordning transferi Kataloniya grandiga 30 million evroga tushadi.
Joriy mavsumda 28 yoshli forvard Kataloniya jamoasi safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Hujumchi o'z hisobiga to'rtta gol va oltita golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Tomonlar o'rtasidagi ijara shartnomasi mavsum yakunida nihoyasiga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244