Laporta Xavining prezidentlik saylovlarida Fontni qo'llab-quvvatlagani haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32

"Barselona"ning amaldagi prezidenti Joan Laporta Xavining klub rahbarligi uchun o'tkaziladigan saylovlarda Viktor Fontni qo'llab-quvvatlash qaroriga izoh berdi.
"Blaugrana"ning sobiq bosh murabbiyi va afsonaviy yarim himoyachisi muxolifatdagi nomzodning saylovoldi shtabi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi va uning nomzodini ilgari surish uchun imzo chekdi.
"Xavi kimni xohlasa, o'shani qo'llab-quvvatlashi mumkin. Bu uning huquqi va bu demokratik saylovlar", — deb ta'kidladi Laporta.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" prezidentligi uchun saylovlar 15 mart kuni bo'lib o'tadi, yangi saylangan prezident esa 1 iyuldan o'z vazifasiga kirishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241