Konor Makgregor Oq uyda o'tadigan UFC turnirida ishtirok etmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1117

Nufuzli kanadalik jurnalist va insayder Ariel Xelvanining xabar berishicha, UFCning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni, 37 yoshli irlandiyalik Konor Makgregor 14 iyun kuni Vashingtonda, Oq uyda o'tkazilishi rejalashtirilgan UFC turnirida jang qilmaydi.
"Ko'rinishidan, Konor Oq uydagi UFC turnirida qatnashmaydi. Biroq, 11 iyul kuni Xalqaro jang haftaligi (International Fight Week) doirasida turnir o'tkazilishi belgilangan va Makgregorning ushbu tadbirda maydonga chiqish ehtimoli Oq uydagiga qaraganda ancha yuqori. Oq uydagi tadbirda pul ishlab bo'lmaydi", — deya Xelvanining so'zlarini keltiradi ijtimoiy tarmoqdagi Championship Rounds akkaunti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
311