Iliya Topuriya MMAdagi o'zi to'qnash kelgan eng qiyin raqib nomini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35

Engil vazn toifasida UFC chempioni, 29 yoshli mag'lubiyatsiz ispano-gruzin jangchisi Iliya Topuriya MMAdagi faoliyati davomida duch kelgan eng murakkab raqibi kimligini ma'lum qildi.
"Bu — Volkanovski. U juda aqlli jangchi, shuningdek, qanday jang qilishni yaxshi biladi. Aleks ancha hisob-kitob bilan harakat qiladigan sportchi", — deya Topuriyaning so'zlarini keltiradi Sportskeeda portali.
Ispano-gruzin sportchisi professional MMAdagi debyutini 2015 yilning aprelida amalga oshirgan. Iliyaning hisobida 17 ta g'alaba mavjud bo'lib, ulardan faqat ikkitasi hakamlar qarori bilan qo'lga kiritilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
309