Jekson uchun kurash: Senegallik forvardga Evropa va Saudiyadan takliflar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5656

Hozirda ijara asosida «Bavariya»da to'p surayotgan «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Chelsea.News nashrining ma'lumotlariga ko'ra, senegallik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga asosiy da'vogar «Al-Ahli» klubi bo'lib turibdi. Shuningdek, forvard atrofidagi vaziyatni Italiya, Ispaniya va Angliya klublari ham diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
«Bavariya» Nikolas Jeksonni 2025 yilning sentyabrida «Chelsi»dan joriy mavsum yakuniga qadar 16 million evro evaziga ijaraga olgan edi. Kelishuvga futbolchini 65 million evroga sotib olish huquqi ham kiritilgan. Joriy mavsumda senegallik hujumchi Myunxen klubi safida barcha turnirlarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
245