"Liverpul" Dyumfrisning transferi uchun tovon pulini to'lashga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 441

"Inter" himoyachisi Denzel Dyumfris faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Italiya OAVlari xabar bermoqda.
Niderlandiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. "Qizillar" o'yinchining shartnomasida ko'rsatilgan 25 million evro miqdoridagi tovon pulini to'lashga tayyor.
Dyumfrisning "Inter" bilan amaldagi kelishuvi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda u 16 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224