"Barselona" Martinelli bo'yicha dastlabki muzokaralarni o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52

"Arsenal" hujumchisi Gabriel Martinelli faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "CaughtOffside" nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Kataloniya klubi braziliyalik futbolchi bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazgan. "To'pchilar" o'z o'yinchisini yozda 45 million evro evaziga sotib yuborishlari mumkin.
Martinellining "Arsenal" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda u 35 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228