"Xetafe" ustozi Mbappening jarohati haqida: "Bunday futbolchilar o'yinni jozibador qiladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14

"Xetafe" ustozi Xose Bordalas Kilian Mbappening "Real Madrid" tarkibida yo'qligidan xursand emasligini tan oldi.
Frantsiyalik yulduz jarohati sababli La Liga doirasida yakshanba kuni bo'lib o'tadigan uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
"Men doim eng yaxshi o'yinchilar maydonga tushishi tarafdoriman. Men ushbu sport turini va o'z ishimni yaxshi ko'raman, shu sababdan buyuk futbolchilarning o'yinini kuzatish menga zavq bag'ishlaydi. Mbappe kabi saviyadagi futbolchining o'yinda ishtirok eta olmasligi achinarli, zero uning borligi o'yinni yanada jozibador qilgan bo'lardi", — deya Bordalasning so'zlarini keltiradi "Diario AS".
Bahs dushanba kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi, o'yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.

Bosh sahifaga
225