Simeone: "Vilyarreal"ning mag'lubiyatidan so'ng g'alaba qozonish shart edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 315

Madridning "Atletiko" klubi La Liga doirasidagi bahsda "Ovedo" ustidan 1:0 hisobida kichik g'alabaga erishdi. "Matraschilar" ustozi Diego Simeone jamoasining muvaffaqiyatiga izoh berdi.
"Biz juda muhim o'yinda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldik. Bu uch ochko biz uchun zarur edi. Uchrashuv davomida jamoa asta-sekin sur'atni oshirib bordi. Shogirdlarim tanaffusdan so'ng ajoyib o'yin ko'rsatishdi va chiroyli gol urishdi. "Vilyarreal" mag'lubiyatga uchragan edi, shu sababli biz uchun g'alaba qozonish muhim edi", — deya argentinalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi "Into the Calderon".
Madridning top-klubi 51 ochko jamg'ardi va Ispaniya chempionati turnir jadvalida "Vilyarreal"ga etib oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211