Xolandning jarohati jiddiymi? Gvardiola vaziyatga oydinlik kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 448

"Manchester Siti" Erling Xolandsiz "Lids" ustidan g'alaba qozondi (1:0). Yulduz forvard mashg'ulot paytida olgan jarohati sababli Premer-liganing shanba kungi bahsini o'tkazib yubordi. Uchrashuv yakunlangach, jurnalistlar "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardioladan yana bir bor norvegiyalik futbolchi haqida so'rashdi.
"Uning qachon qaytishini bilmayman. Xolandning tezroq safga qaytishini istardim. Mashg'ulot markazimizda ma'lumot tashuvchi ayg'oqchilar yo'q, lekin nazarimda, muammo u qadar jiddiy emas", — dedi Gvardiola "BBC"ga bergan intervyusida.
"Manchester Siti"ning "Lids"ga qarshi bahsidagi yagona goliga Antuan Semeno mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227