Fabregas: "Chelsi"ga o'tish — faoliyatimdagi eng yaxshi qaror bo'lgan"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

"Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas futbolchilik faoliyati davomida "Chelsi"da to'p surgan davrlarini yodga oldi.
"Hayotimda hech qachon "Chelsi"da o'ynaganimdan afsuslanmayman. Men doim "Chelsi" va ushbu klubda o'tkazgan vaqtlarim haqida, ehtimol, faoliyatimdagi eng to'g'ri qaror sifatida gapiraman", — dedi Fabregas "Mirror" nashriga bergan intervyusida.
Sesk Fabregas 2014 yildan 2019 yilgacha "Chelsi" sharafini himoya qilgan. U "ko'klar" safida jami 198 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urgan va 57 ta golli uzatmani amalga oshirgan. London klubi tarkibida ispaniyalik futbolchi ikki bor APL g'olibi bo'lgan, shuningdek, bir martadan Angliya Kubogi, Liga Kubogi va Evropa Ligasida zafar quchgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225