Petr Chex xokkeydagi faoliyati haqida: "Bu xuddi APLdagi kabi hayajonli"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12

Chexiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Petr Chex sportning boshqa turiga bo'lgan qiziqishi bilan bog'liq mavzuda intervyu berdi. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng, u Buyuk Britaniya xokkey chempionatining bir qator klublarida harakat qildi.
"Futbolga 20 yil umrimni bag'ishlaganimdan so'ng, sportning bu tomonini his qilish men uchun hayratlanarli bo'ldi. Xuddi shu ishni boshqa sport turida takrorlash imkoniyatiga ega bo'lish — bu qandaydir telbalik. Ushbu chaqiruv hayajonli va qiziqarlidir", — deya Chexning so'zlarini keltiradi "The Telegraph".
"Men APLda o'ynagan paytlarimdagi kabi hayajonni his qilyapman. Albatta, bu erda tikilgan narsa (sovrin yoki mas'uliyat) u qadar katta emas. Shunga qaramay, men shu erdaman, shug'ullanyapman va o'ynayapman. Qilayotgan ishimni eng yaxshi tarzda bajarishni istayman", — deya qo'shimcha qildi u.
Darvozabon "Chelsi" tarkibidagi ishtirokidan tashqari, Londonning "Arsenal", "Renn" va Praganing "Sparta" klublaridagi o'yinlari bilan ham mashhur.

Bosh sahifaga
210