"Liverpul" murabbiyi Slot jarohat olgan Virtsning hozirgi holatini baholadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot APLning 28-turida "Vest Xem Yunayted"ga qarshi o'yinni (5:2) o'tkazib yuborgan jamoa yarim himoyachisi Florian Virtsning holati haqida gapirdi.
"Virts seshanba kuni "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda maydonga qaytadimi? O'tgan hafta men uni "Vest Xem" bilan o'yinga tayyor bo'lishini kutayotganimni aytgandim, ammo ba'zida jarohatlar bilan bog'liq vaziyat ijobiy yoki salbiy tomonga o'zgarishi mumkin. Hozirgi vaqtda Virtsning tiklanishi uzoq vaqt talab qilmaydi deb hisoblaymiz, lekin seshanba kungi bahsga u katta ehtimol bilan tayyor bo'lmaydi. Keyingi hafta tig'iz bo'ladi, biroq avval aytganimdek, men uni bugungi o'yinda ishtirok eta oladi deb o'ylagandim, afsuski bu sodir bo'lmadi", — deya Slotning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Bosh sahifaga
205