Netu: "Men "Chelsi"ga sovrinlar yutish uchun kelganman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 301

"Chelsi" vingeri Pedru Netu o'zining shaxsiy va jamoaviy maqsadlari haqida gapirib berdi. "Ko'klar" ayni damda Premer-liga chempionligi uchun kurashmayotgan bo'lsa-da, Chempionlar ligasi va Angliya Kubogida ishtirok etishni davom ettirishmoqda.
"Men "Chelsi"ga sovrinlar yutish uchun kelganman. Bu erdagi birinchi mavsumim ajoyib o'tdi — biz ikkita kubokni qo'lga kiritdik. Hozir oldimizda uzoq yo'l turibdi, asosiy kurashlar hali oldinda. Kutishlar va talablar juda yuqori", — deya Netuning so'zlarini keltiradi "Chelsi" matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda londonliklar Konferentsiya ligasi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqishgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224