Semeno: "G'alaba qozonishimiz va "Arsenal"ga bosim o'tkazishimiz kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 283

Ganalik vinger uchrashuvdagi yagona golga mualliflik qildi. U birinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda "tovuslar" darvozasini ishg'ol etdi.
"Muhim g'alaba. Mavsumning qolgan qismidagi har bir o'yin juda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Biz shunchaki iloji boricha ko'proq o'yinlarda g'alaba qozonishni va "Arsenal"ga bosim o'tkazishda davom etishni istaymiz. "Lids" ko'plab uzatmalarni amalga oshirdi — oson bo'lmadi. Raqib tarkibida ikkinchi qavatda (havoda) o'zini ajoyib his qiladigan futbolchilar ko'p ekan", — dedi Semeno BBC Match of the Day nashriga bergan intervyusida.
"Shaharliklar" turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Arsenal" bilan oradagi farqni ikki ochkogacha qisqartirishdi. Yakshanba kuni "kanonirlar" "Chelsi"ga qarshi maydonga tushishadi.

Bosh sahifaga
166