Roys "Gelaksi" bilan shartnomasini uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 596

Yarim himoyachi Marko Roys "Los-Anjeles Gelaksi" klubi bilan shartnoma muddatini uzaytirdi.
36 yoshli germaniyalik futbolchi bilan tuzilgan yangi kelishuv 2027 yilning dekabriga qadar amal qiladi.
Roys 2024 yilning yozidan beri "Gelaksi" sharafini himoya qilib kelmoqda. U jamoa safida 42 ta o'yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Los-Anjeles Gelaksi" bilan birgalikda Roys MLS Kubogida g'olib chiqqan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
149