Keyn "Bavariya" nimaning evaziga "Borussiya"ni mag'lub etganini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 293

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Dortmundning "Borussiya" jamoasi ustidan qozonilgan g'alabali o'yindan (3:2) so'ng jurnalistlar savollariga javob berdi. Ingliz futbolchisi ushbu uchrashuvda dubl qayd etib, bahs qahramoniga aylandi. Myunxenliklar Bundesliga jadvalida ikkinchi o'rinda borayotgan "arilar" bilan oradagi farqni 11 ochkoga etkazishdi.
"Biz chempionlik poygasi uchun juda muhim bo'lgan o'yinda g'alaba qozondik. Hisobda ortda qolayotgan bo'lsak-da, o'z o'yinimizni namoyish etishda davom etdik — "Borussiya" hafta o'rtasidagi Chempionlar ligasi o'yinidan so'ng charchab qolishini bilardik. Taslim bo'lmadik. Bu erga kelib g'alaba qozonish — haqiqatan ham o'zgacha tuyg'u. O'zimiz bilan faxrlansak arziydi", — deya Keynning so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Xarri Keynning joriy Germaniya chempionatidagi gollari soni 30 taga etdi. Bundesliga mavsumi yakunigacha atigi o'nta tur qoldi.

Bosh sahifaga
249