"Manchester Yunayted" futbolchilarining Kerrikning kelajagi borasidagi fikri ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

Maykl Kerrik "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatida o'zini ko'rsata olmoqda. Mutaxassisning shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan va hozircha "qizil iblislar" rahbariyati hamkorlikni davom ettirishga tayyormi yoki yo'q — noma'lum.
The Sun Football nashrining xabar berishicha, futbolchilarning pozitsiyasi aniq: ular klub ingliz mutaxassisiga uzoq muddatli shartnoma taklif qilishini istashmoqda. Manbaning ta'kidlashicha, Kerrikning kelishi jamoa uchun "yangi nafas" bo'ldi.
"Manchester Yunayted" amaldagi murabbiy qo'l ostida oltita o'yinning beshtasida g'alaba qozondi. Agar bugun mankunianliklar o'z maydonida "Kristal Pelas"ni mag'lub eta olishsa, Premer-liga turnir jadvalida uchinchi o'ringa ko'tarilib olishadi.

Bosh sahifaga
248