Lukaku 281 kundan beri ilk bor gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 218

Italiya chempionatida 27-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Mamlakatning amaldagi chempioni "Napoli" "Verona" bilan kuch sinashdi va so'nggi daqiqalarda autsayder jamoadan g'alabani tortib oldi.
Bu ishni ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan Romelu Lukaku amalga oshirdi. Ma'lum bo'lishicha, belgiyalik hujumchi uchun bu 281 kun ichida kiritilgan ilk gol bo'ldi. Eslatib o'tamiz, u joriy mavsumning katta qismini jarohati sababli o'tkazib yuborgan edi.
Lukaku oxirgi marta o'tgan mavsumning 2025 yil 23 may kuni "Kalyari"ga qarshi o'yinida gol urgan edi. Belgiyalik forvard uchun bunday katta tanaffus uning butun faoliyatidagi eng uzoq davom etgan "golsiz seriya" bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248