"Arsenal"ning muhim o'yinchisi jarohatidan so'ng safga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 209

Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Kay Xaverts jarohatidan to'liq sog'aydi. 26 yoshli futbolchi mushaklaridagi muammolar sababli "kanonirlar"ning oxirgi to'rtta o'yinini o'tkazib yuborgan edi.
HandofArsenal nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Xaverts jarohatini davolab bo'lgan va maydonga qaytishga tayyor. Bosh murabbiy Mikel Arteta germaniyalik futbolchini "Chelsi"ga qarshi bo'lib o'tadigan bahs qaydnomasiga kiritishni rejalashtirmoqda, biroq yakuniy qaror o'yin boshlanishiga yaqin qabul qilinadi.
"Arsenal" uchun uy uchrashuvi hisoblangan "Chelsi"ga qarshi derbi bugun bo'lib o'tadi va o'yin Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi. Hozirda Arteta jamoasi Premer-liga turnir jadvalida "Manchester Siti"ni ikki ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.

Bosh sahifaga
284