To'rtta klub Gattini "Yuventus"dan sotib olishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16

"Yuventus" markaziy himoyachisi Federiko Gatti yozgi transfer oynasida boshqa klubga o'tishi mumkin. 27 yoshli futbolchining Turindagi kelajagi noma'lumligicha qolmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning ta'kidlashicha, himoyachiga bozorda talab katta va agar munosib taklif tushsa, "keksa sinora" rahbariyati uni sotishga rozilik berishi mumkin. Futbolchiga da'vogarlar qatorida Italiyaning "Milan" va "Roma" klublari, shuningdek, Angliyaning "Tottenxem" va "Nottingem Forest" jamoalari bor.
Federiko Gattining "Yuventus" bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ekspertlari o'yinchining transfer qiymatini 20 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255