Ronaldu "Al-Fayha"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1247

Shanba oqshomida Saudiya Arabistoni chempionati doirasida "An-Nasr" safarda "Al-Fayha" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ar-Riyod jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlaydigan futbolchilar borasida bir qarorga keldi:
Bento, al-Bushal, Simakan, Martines, al-Amri, Brozovich, al-Xaybari, Koman, Mane, Felish, Ronaldu.
Ko'rinib turibdiki, yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu asosiy tarkibdan joy olgan. U faoliyatidagi 1000 ta gol dovoniga yaqinlashishga harakat qiladi. Hozirda Ronaldu hisobida 965 ta gol mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270