18 yoshli Yamal klub va terma jamoa safida 100 ta golda ishtirok etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1265

"Barselona"ning 18 yoshli hujumchisi Lamin Yamal klub va terma jamoa miqyosidagi faoliyati davomida gol+pas tizimida 100 talik natijaga erishdi (jami 166 ta o'yinda). Ushbu ko'rsatkich Ispaniya La Ligasi 2025/2026 yilgi mavsumining 26-turidan o'rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvda qayd etildi. "Ko'k-anorranglilar" bahsda 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
Futbolchi o'yinda xet-trik qayd etdi. Endilikda uning hisobida jami 49 ta gol va 52 ta golli uzatma mavjud.
Joriy mavsumda Yamal klub safida barcha turnirlarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239