Gvardiola Xolandning qaydnomaga kiritilmagani sababini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1304

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola norvegiyalik hujumchi Erling Xoland nima sababdan Angliya Premer-ligasi 28-turidan o'rin olgan "Lids Yunayted"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmaganini aytib berdi.
"Ikki kun oldin, mashg'ulotlarning eng so'nggi qismida Erlingda ma'lum qiyinchiliklar, kichik jarohat yuzaga keldi. Bu jiddiy narsa emas, lekin u bugungi o'yinga tayyor emas. Bugun bizga bitta elita darajasidagi hujumchi etishmaydi, biroq uni boshqa bir elita darajasidagi hujumchi bilan almashtiramiz", — deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Hozirgi vaqtda "Manchester Siti" APL turnir jadvalida ikkinchi pog'onani egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225