Flik boshqaruvidagi "Barsa": 100 ta o'yin va hayratlanarli statistika
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1610

Xans-Diter Flik "Barselona" bosh murabbiyi sifatida o'zining 100-o'yinini o'tkazdi. Bugun Kataloniya jamoasi La Liganing 26-turi doirasida "Vilyarreal"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.
Germaniyalik murabbiy qo'l ostida "Barsa" 75 ta g'alabaga erishdi, 9 bor durang o'ynadi va 16 marta mag'lubiyatga uchradi. Jamoa raqiblar darvozasiga 281 ta to'p kiritib, o'z darvozasidan 119 ta gol olib chiqdi.
Flik davrida "Barselona" safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar: Jyul Kunde (92 ta o'yin), Pau Kubarsi (90 ta) va Lamin Yamal (89 ta).
Flik boshqaruvida "Barselona" uchun eng ko'p gol kiritgan futbolchilar: Robert Levandovski (56 ta), Rafinya (48 ta), Lamin Yamal (36 ta) va Ferran Torres (35 ta).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232