Superliga-2026. "Navbahor" Samarqandda "Dinamo" ustidan irodali g'alabaga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3154

Yangi mavsumning ilk turida "Dinamo" va "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi bahs markaziy o'yinlardan biri sifatida kutilgan edi. Uchrashuv startidan so'ng stadionga kelgan muxlislar zerikib qolishmadi.
O'yinning ilk daqiqalaridanoq mezbonlar hujumga tashlandi.
4-daqiqa: Azizbek Amonovning uzatmasidan so'ng Firdavs Abdurahmonov hisobni ochdi va samarqandlik muxlislarni xushnud etdi — 1:0.
11-daqiqa: Ko'p o'tmay namanganliklar muvozanatni tiklashdi. Belgilangan penaltini Ruslanbek Jiyanov bexato amalga oshirdi — 1:1.
25-daqiqa: "Navbahor"ning ketma-ket hujumlari o'z samarasini berdi. Zabihillo O'rinboev raqib darvozasini ishg'ol qilib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi — 1:2.
O'zbekiston Superligasi. 1-tur
28.02.2026 | 19:15
«Dinamo» markaziy stadioni, Samarqand
«DINAMO» — «NAVBAHOR» — 1:2
Gollar: Firdavs Abdurahmonov 4 (1:0), Ruslan Jiyanov 11 - penaltidan (1:1), Zabihillo O'rinboev 25 (1:2).
«Dinamo»: Edem Nemanov, Mahamadu Dembele, Jahongir O'rozov, Sanjar Qodirqulov (Salim Mustafaev, 56), Azizbek Amonov (Ulug'bek Hoshimov, 72), Anvarjon Hojimirzaev (Bektemir Abdumannonov, 72), Jaloliddin Jumaboev, Jahongirbek Abdusalomov, Firdavs Abdurahmonov, Kingsley Sarfo (Dramane Salou, 56), Til Mavretich (Nurillo To'xtasinov, 56).
«Navbahor»: O'tkir Yusupov, Saidazamat Mirsaidov, Shoxruhbek Abdurahmonov, Ruslanbek Jiyanov, Zabihillo O'rinboev, Muhammadali G'iyosov (Shohmalik Komilov, 72), Quvondiq Ro'ziev, Umar Adhamzoda (Dilshod Komilov, 72), Vanya Ilich, Giorgi Jgeraniya, Anri Chichinadze.
Ogohlantirish: Ulug'bek Hoshimov (79).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
231