Lamin Yamal "Vilyarreal" bilan o'yinning birinchi bo'limidayoq dubl qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1500

La Liganing 26-turidan o'rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvning birinchi bo'limida Lamin Yamal ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi (2:0, tanaffus). "Barselona" vingeri har ikkala golni ham Fermin Lopesning uzatmalaridan so'ng kiritdi.
18 yoshli Yamal joriy mavsumda kataloniyaliklar safida 34 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 17 ta gol va 12 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Qayd etish joizki, Lamin so'nggi to'rtta o'yindan beri ilk bor gol urdi.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192